🏢 7-Talabalar turar joyi – 312 va 315-xonalarga tashrif
Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasi xodimlari — Tilyabov I.A., Nortoyev A.B., Ergashev S.T., Rajabov B.M., Inatov A.A. tomonidan 7-talabalar turar joyining 312 hamda 315-xonalariga tashrif amalga oshirildi.
👥 Tashrif davomida xonalarda istiqomat qilayotgan talabalar bilan samimiy suhbat tashkil etildi. Ularning yashash sharoitlari, xonalarning sanitariya holati va ichki tartibi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📝 Talabalar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar maxsus 12 varoqli daftarga qayd etildi. Har bir murojaat alohida e’tiborga olinishi ta’kidlandi.
📚 Suhbat jarayonida talaba-yoshlarni ilm-fanga yanada jalb etish, mustaqil ta’limga mas’uliyat bilan yondashish, ichki intizomni mustahkamlash hamda xonalarni doimo ozoda va namunali holatda saqlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
✨️ 312 va 315-xona talabalari o‘zaro hamjihatligi, tartib-intizomi va faolligi bilan ijobiy taassurot qoldirdi.
🌟 Mazkur tashrif talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning ilmiy salohiyatini oshirish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

