Odam anatomiya va OXTA kafedrasi o’qituvchisi Tolmasov Ro’zibek Tolmasovich va ToshDavTU ning talaba yoshlari birgalikda «Islom sivilizatsiya» markaziga tashrif qildi.

Islom sivilizatsiya markaziga tashkil etilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tashrif talaba yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Bunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish yoshlarning barkamol inson bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Mazkur tashrif talaba yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ular o‘z tarixiga, milliy va diniy qadriyatlariga nisbatan hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamladi. Yoshlar orasida ilm-fanga bo‘lgan qiziqish ortdi hamda ajdodlar merosini o‘rganishga bo‘lgan intilish kuchaydi. Talabalarga markazdagi noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar, qadimiy kitoblar va zamonaviy ekspozitsiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ekskursiya davomida yoshlar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ma’sul Tomasov R.T.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.