Toshkent davlat tibbiyot universitetining Odam anatomiyasi va OXTA (Operativ xirurgiya va topografik anatomiya) kafedrasida xalqaro akademik mobillik doirasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tashrif doirasida Koreyaning nufuzli Korea Medical University professorlari Im Joo Rhyu va Lee Jong-wook, shuningdek, stajyor-tadqiqotchi Sanjar Habibullayev ishtirok etdilar. Uchrashuv jahon tan olgan “BK21” (Brain Korea 21) dasturi doirasida tashkil etilib, o‘zaro tajriba almashish va ilmiy salohiyatni oshirishni maqsad qilgan.
Dastur davomida:
– Xalqaro mutaxassislar tomonidan talabalar uchun davolash ishi yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar mavzusida mahorat darslari o‘tkazildi.
– Kafedra o‘qituvchilari va koreyalik hamkasblar o‘rtasida o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy muloqotlar tashkil etildi.
Tadbir yakunida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi hamkorliklar talabalarimizning dunyo tibbiyoti standartlari asosida bilim olishlariga xizmat qiladi.

