Toshkent davlat tibbiyot universiteti «Odam anatomiyasi va OXTA» kafedrasi mudiri, professor Axmedova S.M. hamda operativ xirurgiya va topografik anatomiya fanidan dars beradigan fidoiy professor-o’qituvchilar tashabbusi bilan «Yosh jarrohlar» to’garagi doirasida talabalar o’rtasida olimpiada o’tkazildi!
Haqiqiy shifokorlik va jarrohlik mahoratini sinovdan o’tkazuvchi ushbu bellashuv bo’lajak xirurglarni bir maydonga jamlaydi. Asosiy maqsad — amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish va «Eng mohir jarroh» nomiga munosib bo’lgan eng epchil, bilimli va tezkor talabani aniqlashdir.
⚔️ Olimpiada shartlari (Amaliyot yo’nalishlari):
Ishtirokchilar o’z mahoratlarini quyidagi murakkab va mas’uliyatli amaliyotlar bo’yicha namoyish etdilar:
🧣 Miller usuli — Arteriyani ishonchli bog‘lash.
🧣 Qon tomirga LIGATURA qo’yish — (Joriy haftaning asosiy amaliyoti).
🩸 Tomir choki — Anastomoz qo‘yish san’ati.
🤩 Nerv tikish — Mikroxirurgik aniqlik va yuksak diqqat.
💉 Venapunksiya — Tomirga bir urinishda tushish mahorati.
🌟 Veneseksiya — Tomirni ochish va kateterlash.
🌟 Gemostaz — Qon ketishni to‘xtatish (Jgut/Bosish qoidalari).
🩹 Drenajlash — Abssess va flegmonani to‘g‘ri ochish va tozalash.
🪢 Tugun musobaqasi — Tezlik, mustahkamlik va sifat sinovi.
⚖️ Baholash va Tashkiliy qo’mita
⚠️ Eslatma: Har bir shart shunchaki bajarilmadi, balki qat’iy 100 ballik xalqaro standart (Checklist) asosida, maxsus sinamalar bilan tekshirildi!
Tadbir tashkilotchisi va hakamlar hay’ati:
Olimpiadaning adolatli va yuqori saviyada o’tishini kafedramizning tajribali ustozlari nazorat qilib borishdi.
📋 Hakamlar hay’ati:
Tilyabov I.A., Djabbarov N.N., Nortayev A.B., Rajabov B.M., Inatov A.A., Oxunjonov E.R., Ergashev S.T., Yuldasheva M.A.




