«Yosh jarrohlar» to’garagida navbatdagi qiziqarli ochiq dars va amaliyot!

🏛 Toshkent davlat tibbiyot universitetining Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasida talabalarning amaliy ko’nikmalarini oshirish va ularni kelajakdagi murakkab jarrohlik amaliyotlariga tayyorlash maqsadida ajoyib mashg’ulotlar davom etmoqda.

​🗓 Joriy yilning 21-aprel kuni soat 14:20 da 3-o’quv binosi, 121-xonada «Yosh jarrohlar» to’garagi doirasida «Bo’yin sohasi topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi» mavzusiga bag’ishlangan maxsus ochiq dars bo’lib o’tdi.

Ushbu chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy mashg’ulotlar «Yosh jarrohlar» to’garagi mas’ullari — kafedramizning tajribali va jonkuyar ustozlari Ergashev Suhrob Toxirovich hamda Rajabov Bekzod Madirimovich tomonidan yuqori saviyada olib borildi.
​Dars davomida talabalar zamonaviy ko’rgazmali qurollar va 3D formatdagi tibbiy modellar yordamida nafaqat nazariy bilimlarini boyitishdi, balki tibbiy anjomlar bilan ishlash bo’yicha muhim amaliy ko’nikmalarni ham mustahkamlashdi. Ochiq dars qizg’in bahs-munozaralar va o’zaro savol-javoblarga boy bo’ldi.

E’lon: Eslatib o’tamiz, kelajakda yetuk va malakali jarroh bo’lishni maqsad qilgan iqtidorli talabalarimiz uchun «Yosh jarrohlar» to’garagi har haftada 2 marotaba muntazam ravishda o’z faoliyatini olib bormoqda. O’z ustingizda ishlashdan to’xtamang, biz sizni to’garaklarimizda kutib qolamiz!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.