GENESIS. Biz pediatriya kampusidamiz

📅 07.05 soat 15:00 da Pediatriya kampusida bo’lib o’tadigan «Ochiq eshiklar kuni»ga taklif qilamiz ✨
Tadbir doirasida GENESIS jamoasi sizni klub faoliyati va jarrohlikka qiziquvchi talabalar uchun ochiladigan imkoniyatlar bilan tanishtiradi

🔹 Mashg’ulotlar va mashqlar qanday o’tishi haqida gapirib beramiz.
🔹 Asosiy amaliy ko’nikmalarni ko’rsatamiz.
🔹 Jarrohlik olimpiadalarida ishtirok etish tajribamiz bilan bo’lishamiz.
🔹 Sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beramiz.

Bu o’qishning dastlabki bosqichlaridayoq jarrohlik bilan yaqinroq tanishish va qaysi yo’nalishda davom etishni tushunib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Hammangizni kutib qolamiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.