Nortayeva Nilufar Abdiraximovna

  

NORTAYEVA NILUFAR ABDIRAXIMOVNA

t.f.n., katta o‘qituvchi

Tel.: +998950342412

E-mail: nilufarnortayeva64@gmail.com.

Korporativ pochta: n.nortayeva@tashmeduni.uz


Ma’lumotliligi:

– ma’lumoti: oliy

– ixtisosligi: bolalar va o‘smirlar gigiyena shifokori


Umumiy mehnat tajribasi: 6 yil.

Pedagogik faoliyat tajribasi: 5 yil.


45 tadan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar, xususan 26 ta ilmiy maqola: 15 ta xorijiy (1 ta Scopus) va 11 ta mahalliy; 9 ta tezis: 6 ta xorijiy va 3 ta mahalliy ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislari; 2 ta oʻquv qoʻllanma va 10 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma; 5 ta DGU; 6 ta BGU, 1 ta IP, 1 ta ratsionalizatorlik taklifi nashr etilgan.

N.A.Nortayeva 2025-yildan “Modern american journal of medical and health sciences” xalqaro onlayn  ilmiy jurnalda tahrir hayati a’zosi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan “SI: g‘oyadan-amaliyotga” amaliy tadqiqotlar tanlovi doirasida tibbiyot fanlari yo‘nalishida “CaseClinic-sun’iy intellekt asosida tibbiyot xodimlari va talabalar uchun virtual amaliyot va klinik simulyatsiya platformasi” mavzusidagi grant loyihasida loyiha rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda (SSV ning 2025-yil 03-noyabrdagi 8832- GZ27597536-edo-sonli buyrugʻi).


Ilmiy yo‘nalish sohalari: gipotireoz kasalligida tish-jag‘ tizimining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari.