OXTA

KALENDAR TEMATIK REJA

2025-2026 oquv yili, VI semestr.

Kafedra: Odam anatomiyasi, operativ xirurgiya va topografik anatomiya.

Fan: operativ xirurgiya va topografik anatomiya.

Fakultetlar: davolash, harbiy, 3-kurs.

O‘quv yili V semestrga ajratilgan soat – 120 soat.

Shundan: ma’ruza – 12 soat; amaliy mashg‘ulot – 48 soat; mustaqil taʼlim – 60 soat.

 

  1. Ma’ruza mashgʻulotlar rejasi
Ma’ruza mavzusi Oʻtkazish sanasi Soat hajmi
1. Qo‘l va oyoqlar qon tomirlari, nerv poyalari, pay va bo‘g‘imlaridagi operatsiyalar tamoyillari. Amputatsiya va ekzartikulatiya qoidalari. 02.02.2026

07.02.2026

2
2. Bosh sohasining topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. 09.03.2026-14.03.2026 2
3. Bo‘yin sohasining topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. 23.03.2026-28.03.2026 2
4. Ko‘krak sohasining topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. 30.03.2026-04.04.2026 2
5. Qorin sohasining topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. 13.04.2026-18.04.2026 2
6. Bel, qorinparda orti bo‘shlig‘i va tos sohalarining topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. 04.05.2026

09.05.2026

2
  Jami 12

  1. Amaliy mashgʻulotlar rejasi
Mashgʻulot mavzusi Oʻtkazish sanasi Soat hajmi
1. Topografik anatomiya va operativ xirurgiya fanining maqsadi va vazifalari, organish usullari va asosiy tushunchalari. Jarrohlik amaliyotida qo‘llaniladigan zamonaviy apparatlar, uskunalar va asboblar. Og‘riqsizlantirish usullari. Operatsiylar haqida tushuncha. To‘qimalarni ajratish va birlashtirish qoidalari, usullari va texnikasi. Jarohatga dastlabki jarrohlik ishlov berish texnikasi. Transplantologiya haqida tushuncha. Terini erkin ko‘chirish usullari. 02.02.2026-07.02.2026 2
2. Qo‘lning topografik anatomiyasi. O‘mrov osti, deltasimon, qo‘ltiq osti va kurak sohalari. Yelkaning oldingi va orqa sohalari. Tirsakning oldingi va orqa sohalari, tirsak chuqurchasi. Bilakning oldingi va orqa sohalari. Qo‘l panjasi klinik anatomiyasi. Kaft sohasi fastsial o‘rindiqlari, bo‘shliqlari, kanallari. 09.02.2026-14.02.2026 4
3. Oyoqning topografik anatomiyasi. Dumba sohasi. Sonning oldingi va orqa sohalari. Tizza sohasi. Boldirning oldingi va orqa sohalari. Boldir-to‘piq sohasi. Oyoq panjasi topografik anatomiyasi. 16.02.2026-21.02.2026 4
4. Qo‘l va oyoqning operativ xirurgiyasi. O‘mrov osti, qo‘ltiq osti, yelka, bilak, tirsak arteriyalarini, tashqi yonbosh, son, taqim, boldir arteriyalarini ochish va bog‘lash texnikasi. Tomir choki. Qo‘l va oyoq nervlariga operativ ochib kirish usullari. Nervlarni tikish texnikasi. Endoskopik nerv dekompressiyasi. Qo‘l va oyoqdagi yiringli-yallig‘lanish jarayonlarning topografik-anatomik xususiyatlari. Hasmollar: turlari, operativ davolash usullari. Qo‘l va oyoqdagi turli lokalizatsiyadagi flegmonalarni ochish va drenajlash texnikasi. 23.02.2026-28.02.2026 4
5. Qo‘l va oyoq amputatsiyalari va ekzartikulatsiyalari. Qo‘l va oyoq suyaklaridagi operatsiyalar. Qo‘l transplantatsiyasi va bionik protezlash. Minimal invaziv ortopedik jarrohlik. Pay, bo‘g‘imlarda bajariladigan asosiy operatsiyalar. Yelka va tizza bo‘g‘imini punktsiya qilish texnikasi. 02.03.2026-07.03.2026 4
6. Boshning miya qismi topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Peshona, tepa, ensa, chakka, quloq va so‘rg‘ichsimon sohalar. Kalla qutisi: kalla gumbazi, tashqi va ichki asoslari. Bosh miya pardalari, pardalararo bo‘shliqlar. Bosh miya topografik anatomiyasi. Kronleyn-Bryusova chizmasi. O‘n ikki juft kalla nervlari klinik anatomiyasi. Kalla-miya jarohatlariga dastlabki jarrohlik ishlov berish. Boshning yumshoq to‘qimalari, venoz sinuslardan ketayotgan qonni to‘xtatish. Kalla trepanatsiyasi: usullari va texnikasi. 09.03.2026-14.03.2026 2
7. Boshning yuz qismi topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Quloq oldi-chaynov, lunj va yuzning chuqur sohalari, halqum atrofi va halqum orti bo‘shliqlari. Ko‘z, ko‘z osti, burun, og‘iz va engak sohalari. Yuz-jag‘ sohasida bajariladigan og‘riqsizlantirish usullari. Yuz sohasining yiringli jarayonlari lokalizatsiyasi va tarqalish yo‘llari. Yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini punktsiya qilish. 16.03.2026-21.03.2026 4
8. Bo‘yin sohasining topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Bo‘yin bo‘limlari, uchburchaklari, fassiya va kletchatka bo‘shliqlari. Bo‘yinning oldingi bo‘limi: tilosti usti va tilosti pastki sohalari, uyqu uchburchagi, bo‘yin a’zolari va nerv chigallari topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Uyqu va til arteriyalarini ochish va bog‘lash texnikasi. Traxeotomiya. Bo‘yinning yon bo‘limi va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon sohasi topografik anatomiyasi. Chuqur mushaklararo tirqishlar, ko‘krak limfa yo‘lining bo‘yin qismi. Vagosimpatik blokada texnikasi. Bo‘yinning orqa sohasi (qavatma-qavat tuzilishi, muskullari, kletchatkalari) topografik anatomiyasi. Bo‘yin sohasidagi yiringli jarayonlar va ularni ochish hamda drenajlash texnikasi. 23.03.2026-28.03.2026 2
9. Ko‘krak sohasining topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Ko‘krak yuza sohalari: chegaralari, qavatma-qavat topografiyasi, kletchatka bo‘shliqlari. Ko‘krak qafasi, qovurg‘alararo oraliqlar. Sut bezi, ko‘krak ichi arteriyasi va diafragmaning topografik anatomiyasi. Torakotomiya turlari va texnikasi. Qovurg‘a rezektsiyasi. Mastitlardagi operativ aralashuv usullari. 30.03.2026-04.04.2026 2
10. Ko‘krak bo‘shlig‘i: plevra, plevral bo‘shliq, plevral sinuslar. Kekirdak, bronxlar, o‘pkalar, o‘pka ildizi topografik anatomiyasi. Plevra bo‘shlig‘ini punksiya qilish va drenajlash. O‘pka jarohatini tikish usullari va texnikasi. Oldingi ko‘ks oralig‘i: perikard, yurak, timus, yuqori va pastki kavak vena, difragmal nervlar, ko‘tarilvchi aorta, aorta ravog‘i, pastga tushuvchi aorta topografik anatomiyasi. Perikard punksiyasi. Yurak jarohatiga chok qo‘yish. Orqa ko‘ks oralig‘i: aortaning, qizilo‘ngachning ko‘krak qismi, ko‘krak limfa yo‘li, adashgan nervlar, ko‘krak simpatik poyasi topografik anatomiyasi. Ko‘ks oralig‘i bo‘limlari, kletchatka bo‘shliqlari. 06.04.2026-11.04.2026 4
11. Qorin sohasining topografik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Qorinning old-yon devori: sohalari, qavatma-qavat tuzilishi, qorin devorlarining zaif joylari. Kindik, chov va son kanallari, ularning bolalardagi xususiyatlari. Tashqi va ichki churralarning klinik anatomiyasi. Churra kesish va churra darvozalarini plastika qilish usullari va texnikasi. 13.04.2026-18.04.2026 2
12. Qorin bo‘shlig‘i. Qorin parda bo‘shlig‘i, qorin parda yo‘nalishi, qorin parda bo‘shlig‘ining qavatlarga bo‘linishi, qorin parda hosilalari. Qorinparda bo‘shlig‘i yuqori qavati: qizilo‘ngachnining qorin qismi, oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak, taloq, oshqozon osti bezi, qorin poyasi va yuqori hamda pastki tutqich arteriyalari, jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari, darvoza venasi tizimi, portokaval anastomozlar, qorin nerv chigallari topografik anatomiyasi. Qorin parda bo‘shlig‘ini punksiya qilish. Laparotomiya: turlari va texnikasi. Qorinparda bo‘shlig‘ini yopish. Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichakdagi operatsiyalar. Jigarga chok qo‘yish, jigar rezeksiyasi. O‘t pufagi va o‘t yo‘llaridagi operatsiyalar. 20.04.2026-25.04.2026 4
13. Qorinparda bo‘shlig‘ining pastki qavati: ingichka va yo‘g‘on ichak topografik anatomiyasi. Enterotomiya, enterostomiya. Inigchka va yo‘g‘on ichak rezeksiya turlari va texnikasi. Ichak choklari turlari va ichak chokini qo‘yish texnikasi. Ichaklararo anastomoz. Appendektomiya. Ileostoma. Kolostoma. 27.04.2026

02.05.2026.

4
14. Bel sohasi, umurtqa pog‘onasi va orqa miya topografik anatomiyasi. Lyumbal punksiya texnikasi. Qorinparda orti bo‘shlig‘i: buyraklar, siydik yo‘llari, buyrak usti bezlari, pastki kavak vena, qorin aortasi, bel simpatik poyasi, bel nerv chigali topografik anatomiyasi. Paranefral blokada. Buyraklarga va siydik yo‘llariga operativ ochib kirish usullari. Buyraklarda va siydik yo‘llarida bajariladigan operatsiyalar. Urologiyada lazer texnologiyasi. 04.05.2026

09.05.2026.

2
15. Tos sohasi topografik anatomiyasi. Chanoq bo‘shlig‘ining qavatlari, fassiyalari, kletchatka bo‘shliqlari, qon tomir tizimi. Chanoq bo‘shlig‘i a’zolari. Oraliq sohasi topografiyasi. Siydik pufagini kateterlash va punksiya qilish. Sistotomiya va sistostomiya. Paraproktit, bavosilda operatsiyalar. Qin orqa gumbazi punksiyasi. Bachadon va uning ortiqlariga operativ ochib kirish usullari. Tanosil nervi blokadasi. Varikotseleda bajariladigan operatsiyalar. 11.05.2026

16.05.2026.

4
  Jami 48