Unda O‘zbekiston delegatsiyasi, Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Genesis” klubi 8 apreldan 13 aprelgacha Qozog’iston Respublikasi Olmaota shahrida shahrida bo‘lib o‘tgan olimpiadada ishtirok etishdi.
Olimpiadada MDH davlatlarining 10 ta oliy tibbiy ta’lim muassasalari talabalari Olmaotada yig‘ilishdi.Unda bizning Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasi katta o’qituvchisi, “Genesis” klubi rahbari Gulmanov Ilich Djumabaevich va ToshDavTU Yoshlar akademiyasi lideri Sayfiddin Hoji Q.Sh boshchiligida munosib ishtirok etdi.
Quvonarlisi shundaki, bizning jamoamiz olimpiadada munosib ishtirok etib, jamoaviy hisobda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu yutuq jamoamizning birdamligi, bilimga chanqoqligi va ustozlarimizning munosib hissasi natijasidir.
Sizlarning muvaffaqiyatingiz – bilim, mehnatsevarlik va katta istedodingizning yorqin isbotidir! Yutuqlaringizni davom ettirishga va yangi cho‘qqilarni zabt etishga omad tilaymiz!


