Endovideoxirurgiya — zamonaviy jarrohlikning eng talabgir yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, nafaqat nazariy bilimlarni, balki uskuna va instrumentlar bilan ishlashni yaxshi tushunishni ham talab qiladi. Mashg‘ulot davomida laparoskopiyaning asosiy tamoyillari va bo‘lajak jarrohlar uchun zarur bo‘lgan bazaviy ko‘nikmalarni ko‘rib chiqamiz.
Mashg‘ulotni Nigina Xudoyqulova va Mirzayeva Odina olib boradi.
📖 Nazariy qism:
• Laparoskopik kirish usullari
• Laparoskopik stoykaning tuzilishi va tarkibiy qismlari
• Laparoskopik instrumentlarning asosiy turlari
• Birinchi troakarni kiritish texnikasi
🛠 Amaliy qism:
• Instrumentlar bilan tanishish
• Bazaviy manual ko‘nikmalar
• Laparoskopik formatda ishlash
📅 2026-yil 15-may (juma), soat 14:00
📍 Stomatologiya kampusi
Jarrohlikka qiziqadigan va endovideoxirurgik aralashuvlarning asoslari bilan yaqindan tanishishni istagan barcha talabalarni kutib qolamiz.
