Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro talabalar uchun maxsus «Anatomiya» to‘garagi o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. 23-apreldan start olgan ushbu mashg‘ulotlar dastlabki darslardanoq o‘zining qiziqarliligi va yuqori ilmiy saviyasi bilan talabalar e’tiborini tortdi.
Foto lavhalar
Mashg‘ulotlar Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasi assistentlari Akbarova Mavluda hamda Pulatov Mirkomol tomonidan olib borilmoqda. Ustozlarning zamonaviy yondashuvi va interfaol metodlari talabalarga inson tanasining murakkab tizimlarini chuqur o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam bermoqda. Talabalar o‘quv jarayonida faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini muntazam ravishda mustahkamlab bormoqdalar.
Video lavha




